00:04 / 17.10.2016
33709

Bayden Rossiyaning zaiflashishi va IShIDning yakson qilinishi AQShga yangi imkoniyatlar ochishini aytdi

Foto: NBC News

IShIDning yakson qilinishi va Rossiyaning zaiflashishi AQShga yangi imkoniyatlar ochadi, deb aytdi 16 oktabrda AQSh vitse-prezidenti Jozef Bayden NBC telekompaniyasiga bergan intervyuda.

"Rossiya jiddiy muammolarni boshdan kechirmoqda. Ularda katta iqtisodiy muammolar mavjud. IShIDning yo‘q qilinishi va Rossiyaning zaiflashishi biz uchun yangi imkoniyatlarni ochadi", deb aytdi Bayden.

Bayden IShID va boshqa terrorchilik guruhlarini yakson qilish AQShning bosh ustuvor vazifasi hisoblanishini aytdi. "Biz IShIDni yo‘q qilishimiz, Raqqani olishimiz, Mo‘sulni olishimiz, AQShga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xavf tug‘diruvchi halifalikni yo‘q qilishimiz lozim", deb qo‘shimcha qildi Bayden.

Uning aytishicha, "AQSh mudofaa vazirligi boshidan mavjud zaxiralarni to‘g‘ri taqsimlash zarurligini aytib kelgan". "Biz ikkala vazifani bir vaqtda bajara olmasdik", deb aytdi siyosatchi. U aynan qanday vazifalar haqida gap ketayotganini aytmagan.

Teleboshlovchi "AQSh Halabda tinch aholi nobud bo‘layotganidan afsuslanadimi?" deb so‘raganda, "Biz bu qayerda bo‘lmasin afsuslanamiz", deb javob berdi Bayden.

 

Mavzuga oid
Top