Jahon | 08:29 / 17.10.2016
4143
2 daqiqa o‘qiladi

Chernogoriya parlament saylovlarida hukumat partiyasi g‘alaba qozondi

Foto: EPA

Chernogoriya bosh vaziri va hukumatni boshqarayotgan Sotsialistlar demokratik partiyasi rahbari Milo Jukanovich mamlakatdagi parlament saylovlarida o‘z partiyasining g‘alabasini e'lon qildi. Bu haqda, TASS agentligi xabar qilmoqda.

«Biz mamlakatimizni va uning kelajagini boshqarish huquqini saqlab qoldik», — deb bayonot bergan Jukanovich. 

Bunda, Jukanovich Chernogoriyaning NATOga a'zo bo‘lish istagini tasdiqladi. 

«Saylov natijalari rasman e'lon qilingach, biz hamkorlarimiz bilan hukumat koalitsiyasini tashkil etish bo‘yicha muzokaralarni boshlaymiz. Biz an'anaviy hamkorlarimiz bilan birga Chernogoriya parlamentida kamida 42 nafar a'zosiga ega bo‘lamiz, bu esa mamlakatning Yevropa yo‘nalishini saqlab qolish imkonini beradi», — deb ta'kidlagan bosh vazir. 

Demokratik qayta o‘zgarishlar markazi ma'lumotlariga ko‘ra, ovoz byulletenlari yuz foiz sanalganidan so‘ng, Jukanovich SDP 41,1 foiz ovoz olgan va 81 o‘rinlik parlamentning 35 deputatlik o‘rniga egalik qilish huquqini qo‘lga kiritgan. Bunda muxolifatdagi Demokratik Ittifoq 20,6 foiz ovoz to‘plagan. Uning 18 nafar nomzodi parlament deputati bo‘la oladi. «Kalit» nomli yana bir muxolifat vakili 10,7 foizga ega bo‘lgan, parlamentning 9 nafar deputati ushbu partiya a'zosi bo‘ladi.