KXDR hukumati mobodo amerikaliklar Shimoliy Koreyaga qarshi yadroviy kuchlarini harakatga keltirgudek bo‘lsa, AQShga qarshi yadro zarba berilishidan ogohlantirdi. Bu haqda shimol koreyslarining Tashqi ishlar vazirligi ma'lum qilgan.
«AQShning yadroviy quroli bizning qirg‘oqlarimizga yaqin hududda joylashgan. Ular bizning mamlakatimiz va bizning hurmatli rahbarimiz Kim Chen Inga xavf solib turibdi», — degan KXDR TIVning amerikashunoslik bo‘yicha bo‘limi direktori Li Yen Pi NBC telekanaliga bergan intervyusida.
U agar «amerikaliklarning yadroviy kuchlari Shimoliy Koreya tomon harakatlanishni boshlasa», KXDR tomonidan AQShga yadroviy zarba berilishini ta'kidlagan.
KXDR Janubiy Koreyaning Sariq dengizdagi harakatlarini qoralagandi.
Pxenyandagilarning fikricha, Janubiy Koreya rasmiylari «KXDRni o‘z-o‘zini himoya maqsadidagi javob harakatlariga undamoqda va bundan uning hududiga zarba berish uchun foydalanishga umid qilmoqda».











