19:16 / 17.10.2016
6488

Klopp bo‘lajak bahs oldidan Mourino haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi

«Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Klopp Angliya chempionatining 8-turi doirasida «Manchester Yunayted»ga qarshi kechadigan bahs oldidan raqiblar jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Mourinoning «MYu»dagi ishlari yaxshi emas deb kim aytdi? «Liverpul»dagi bir necha kishimi? Bu ahamiyatga ega emas. U dastlabki 3ta turda ketma-ket g‘alaba qozonmaganmidi?

Mourino muvaffaqiyat nimaligini juda yaxshi biladi. Sizga yoqadimi, yo‘qmi, uning uslubi bor. Nega bundan jahl chiqishi kerak? U Yevropa Chempionlar tez-tez g‘olib bo‘lgan, uning g‘alabalari soni mening bu turnirda o‘tkazgan o‘yinlarim sonidan ko‘p.

Men kim ko‘tarilishda va kim cho‘kish holatida ekanini sizga qanday aytayin? Agar «MYu»ga yutqazsak, jurnalistlarning savollari tayyor turadi.

Mourinoning qanday murabbiyligini muhokama qilish menga qiziq ham emas», — degan Klopp.

«Liverpul» – «MYu» bahsi bugun, Toshkent vaqti bilan soat 23.59da boshlanadi.

Top