Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Mo‘sulda IShID yetakchisiga qarshi isyon boshlandi
Mo‘sulda islom politsiyasi deb ataluvchi guruh rahbari IShID yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiyga qarshi isyon ko‘tardi. Bu haqda As Sumaria telekanali xabar bermoqda.
Ma'lumotlarga ko‘ra, isyonga mo‘sullik Abu Usmon laqabli odam boshchilik qilgan. Avvalroq uning nazoratida bo‘lgan otryadlar jangarilarning 4 ta pozitsiyasiga hujum qilgan. Shunisi ma'lumki, al-Bag‘dodiy o‘ziga bo‘ysunuvchi nufuzli tuzilmalarni isyonga qarshi kurashishga chaqirgan va islom politsiyasi rahbarlarini yo‘q qilishga buyruq bergan.
Hozirda shahar tartibsizlik girdobida qolgan. Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, islom politsiyasi mashinalaridan baland gapirgichlarda al-Bag‘dodiy Suriyaning Raqqa tomon qochgani, uning rafiqasi hibsga olingani ma'lum qilingan. Isyonchilarning aytishicha, "al-Bag‘dodiyning Mo‘suldagi hukmronligi yakuniga yetgan".
Mavzuga oid
16:19 / 09.03.2025
Suriyada ikki kunlik to‘qnashuvlar oqibatida mingdan ortiq odam halok bo‘ldi
13:50 / 01.12.2024
Suriyadagi isyon: hukumat qo‘shini Halabdan chekindi, Rossiya aviatsiyasi shaharni bombalamoqda
09:20 / 16.10.2024
Davlat dumasi isyon uchun umrbod qamoq jazosini birinchi o‘qishda ma’qulladi
18:46 / 16.10.2021