11:53 / 17.10.2016
33278

Gazeta: Hokimlar fuqarolarning muammolari bilan shaxsan shug‘ullanishda Shavkat Mirziyoyevdan ibrat olishi vaqti keldi

Foto: kremlin.ru

Mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari Bosh vazir Shavkat Mirziyoyevdan ibrat olib, fuqarolarning murojaatlarini shaxsan nazoratlariga olishi va ularni hal etishda samarali tizimni yo‘lga qo‘yish vaqti allaqachon keldi, deb yozmoqda “O‘zbekiston ovozi” nashri.

“Axir kimdir umid bilan hokimiyat eshigida sarg‘aysa, shundan so‘ng qo‘li biror ishga boradimi? Bunday vaziyatdan keyin uning qalbida tabiiy nish ura boshlagan jamiyatdan norozilik ertaga gazak otib ketmasligiga kim kafolat beradi?!” – deyiladi O‘zbekiston Milliy axborot agentligi tarqatgan maqolada.

Masalan, Sirdaryo tumanida yashovchi Mirsaid Nizomov O‘zbekiston Bosh vazirining virtual qabulxonasiga o‘zi yashayotgan hududda 5-6 yildan buyon tabiiy gazda muntazam uzilishlari bo‘layotganini aytib yordam so‘rab murojaat qilgan. Murojaatdan keyin tabiiy gaz ta'minoti tez muddatda yo‘lga qo‘yilgan. 

“Savol tug‘iladi: ushbu tuman mutasaddilari nega mazkur masalani o‘z vaqtida o‘rganib, tezda chora ko‘rmadi? Yoki ular Bosh vazirga murojaatdan so‘nggina bu yerda gaz quvurlari chindan ta'mirtalab ekanini bilib qolishdimi?..” – deya savolga tutiladi mas'ullar.

Mavzuga oid
Top