10:58 / 17.10.2016
6323

Pentagon: Mo‘sulni ozod qilish amaliyoti – IShIDni yo‘q qilishda burilish bosqichidir

Foto: © AP

AQSh mudofaa vaziri Eshton Kashterning bayonot berishicha, Iroqning Mo‘sul shahrini ozod qilish amaliyotining boshlanishi IShID terrorchi guruhining "davomli mag‘lubiyatining" debochasidir. 

"Bu IShID mag‘lubiyatiga qaratilgan kampaniyaning burilish pallasidir", — deyiladi Karter bayonotida. 

Uning aytishicha, "AQSh va xalqaro koalitsiya a'zolari Iroq xavfsizlik kuchlari, kurdlarning peshmerga bo‘linmalari va Iroq xalqini oldindagi murakkab kurashda qo‘llab-quvvatlashga tayyor".

Karter shuningdek, "iroqlik hamkorlar umumiy dushman qarshiligini sindirib, Mo‘sul va Iroq xalqini IShIDning vahshiyligidan qutqarishiga" ishonch bildirgan.
 

Mavzuga oid
Top