09:32 / 18.10.2016
8275

18 oktabr tongining eng muhim va qiziqarli voqealari

Foto: Kun.uz

17 oktabr tuni va 18 oktabr tongida sodir bo‘lgan eng muhim va qiziqarli xabarlarning eng saralari Kun.uz dayjestida.

Ukraina Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirish borasida so‘nggi qarorni qabul qildi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Rossiyaning yuridik va jismoniy shaxslariga nisbatan sanksiyalar muddatini uzaytirdi.

Batafsil.

Yaman prezidenti husiychilar bilan yarashuvga rozi bo‘ldi

Yaman tashqi ishlar vaziri Abdulmalik al-Mahlafiy mamlakat prezidenti Abd Rabbo Mansur Hodiy isyonchi-husiychilar bilan yarashuvga rozi bo‘lganini ma'lum qildi.

Batafsil.

WikiLeaks Klinton shtabi rahbari maktublarining navbatdagi qismini oshkor qildi

WikiLeaks AQSh prezidentligi uchun Demokratik partiya nomzodi Hillari Klinton saylovoldi shtabi rahbari Jon Podestaning maxfiy elektron maktublarini e'lon qilishda davom etmoqda.

Batafsil.

Tramp inauguratsiyasigacha Putin bilan uchrashish istagini bildirdi

AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Donald Tramp agar u prezidentlik saylovlarida g‘olib bo‘lsa, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan inauguratsiyasigacha uchrashish istagini bildirdi.

Batafsil.

Xillari Klinton davlat departamentidan mebel va lampalarni olib chiqib ketganligi fosh qilindi

Xillari Klinton AQSh davlat kotibi bo‘lib ishlagan kezlarida o‘z yordamchilari bilan davlat departamentidan o‘zining Vashingtondagi qarorgohiga mebel jihozlari va yorug‘lik lampalarini olib chiqib ketgan.

Batafsil.

Braziliyada 300 ga yaqin mahbus qamoqdan qochib ketdi

17 oktabrda Braziliyaning San-Paulu shtatida, Franko-da-Rosha shahri qamoqxonasidan kamida 300 mahbus ommaviy qochishni amalga oshirdi.

Batafsil.

Xitoyda "Sarika" to‘foni tufayli 250 ga yaqin aviareys bekor qilindi

Xitoyning Xaynan viloyati, Xaykou shahridagi "Meylan" aeroportida orolga yaqinlashib kelayotgan "Sarika" to‘foni tufayli 250 ga yaqin aviareys bekor qilindi.

Batafsil.

Hindiston yadroviy triada shakllantirilishi yakunlanganini e'lon qildi

Hindiston yadroviy triada shakllantirilishi yakunlanganini e'lon qildi.

Batafsil.

Mo‘sulda xudkush harbiylar kolonnasiga hujum qilishi oqibatida 70 ga yaqin harbiy halok bo‘ldi

IShID terrorchi-xudkushi Mo‘sul shahridan sharqroqda iroqlik harbiylar kolonnasiga hujum qildi.

Batafsil.

Avstriyada Gitler tug‘ilgan uy buzib tashlanadi

Avstriya hukumati Adolf Gitler tug‘ilgan Braunau-am-Inn shahridagi uyni buzib tashlamoqchi, deb ma'lum qildi mamlakat ichki ishlar vaziri Volfgang Sobotka.

Batafsil.

OAV: Mo‘sulda IShID yetakchisiga qarshi isyon boshlandi

Mo‘sulda islom politsiyasi deb ataluvchi guruh rahbari IShID yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiyga qarshi isyon ko‘tardi.

Batafsil.

Angliya osmonida kam uchraydigan hodisa - oyli kamalak

Ben Gvinn Shimoliy Yorkshirning  Skipton shahridagi biyobon ustidan tushgan oyni soat 19:40 atrofida suratga oldi.

Batafsil.

Cygnus orbitaga muvaffaqiyatli ko‘tarildi

Cygnus transport yuk fazo kemasi belgilangan orbitaga yetdi.

Batafsil.

FIFA jahon chempionati o‘tkazilishi qoidalariga o‘zgartirish kiritdi

FIFA 2018 yilgi jahon chempionati o‘tkazilishi qoidalariga bir qator o‘zgartirishlar kiritdi.

Batafsil.

«Liverpul» «MYu» bahsida g‘olib aniqlanmadi. 8-turdan keyin APL turnir jadvali

Futbol bo‘yicha Angliya Premer-Ligasining 8-turini «Liverpul» — «Manchester Yunayted» o‘yini yakunlab berdi.

Batafsil.

Top