20:48 / 18.10.2016
5110

Apple kompaniyasi bundan buyon iPhone 4 va eski MacBook Air'ni qo‘llab-quvvatlamaydi

Foto: slashgear.com

Joriy yilning 1 noyabridan Apple kompaniyasi iPhone 4 smartfonlari va MacBook Air 13 (2010 yilgi), AirPort Extreme (uchinchi avlod) va AirPort Time Capsule (ikkinchi avlod) noutbuklarini qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatadi. Bu haqida SlashGear saytida ma'lum qilindi

Modellarning barchasi 2010 yilgacha bozorga chiqqan va kompaniya qoidalariga ko‘ra, ishlab chiqarilishi to‘xtatilganiga 5 yildan oshgan qurilmalar eskirgan hisoblanadi. Bu ushbu qurilmalar egalarining rasmiy servis markazlariga murojaat qilishi hamda telefonni qo‘llab-quvvatlash xizmati to‘xtatiladi deganidir. Shuni ta'kidlash joizki, Kaliforniya shtati va Turkiya aholisi bundan mustasno, bu yerlarda qonunga muvofiq, qurilmalarga yana 2 yil davomida qo‘llab-quvvatlash xizmatlari ko‘rsatilishi kerak. 

Eski qurilmalarni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatishning aniq sanasi hozircha noma'lum. Biroq kompaniyaning yapon idorasi ma'lumoti hamda muddatlar tahlili tufayli SlashGear sayti Apple kompaniyasi o‘zining eskirgan qurilmalarini qo‘llab-quvvatlashni aynan 1 noyabrdan to‘xtatishini taxmin qilmoqda. 

 

Mavzuga oid
Top