22:16 / 18.10.2016
7730

Dunyodagi eng ingichka noutbuk sotuvga chiqarildi

Foto: Acer

Acer yangi mahsuloti 13 mm qalinlikka ega bo‘lib, afsonaviy MacBook Air'ni ortda qoldirdi.

Acer kompaniyasi qalinligi bor-yo‘g‘i 13 millimetr bo‘lgan dunyodagi eng ingichka Swift 7 noutbukini ishlab chiqarishni boshladi. Kompaniya qurilmaning qalinligini qisqartirish uchun deyarli barcha standart portlarni olib tashlagan. 

Noutbukda 1920×1080 piksel imkoniyatiga ega diagonali 13,3 dyuym bo‘lgan displey o‘rnatilgan. Shuningdek, u 8 GB operativ xotira va 256 GB doimiy xotiraga ega.

Swift 7  Windows 10 boshqaruvi ostida ishlaydi va Kaby Lake avlodining yangi Core i5 protsessori bilan jihozlangan.

Foto: Acer

Uning boshqa xususiyatlari -  300-950 MGts chastotali Intel HD 615 grafik protsessori, 1280 x 720 pikselli  veb-kamera,  802.11ac MU-MIMO Wi-Fi chipi va Bluetooth 4.0 texnologiyasi.

Ishlab chiqaruvchilarning so‘zlariga ko‘ra, 2770 mAch akkumulyator sig‘imi  9 soat tinimsiz ish qilishga yetadi.

Ayni damda qurilmaning faqat birgina rangi mavjud - qora korpus va tillarangli ichki dizayn.

Foto: Acer
Foto: Acer
Top