10:32 / 18.10.2016
5932

YeChL. "Real" - "Legiya", "Lion" - "Yuventus" va boshqa o‘yinlar

Bugun Yevropa Chempionlar ligasi musobaqasining guruh bosqich 3-tur uchrashuvlariga start beriladi. Seshanba oqshomida to‘rtta guruhda o‘yinlar davom ettiriladi. 

Jumladan, "E" guruhida TsSKA o‘z maydonida "Monako"ni qabul qiladi. Angliyaning "Tottenhem" jamoasi safarda "Bayyer"ga qarshi maydonga tushadi.  "F" guruhi yetakchilari biri "Real" uyda "Legiya"ni qabul qiladi. Ayni paytda "Legiya" guruhda autsayder bo‘lib turibdi. Dortmundning "Borussiya" klubi esa safarda "Sporting"ga qarshi maydonga tushadi.

Angliya chempionatining amaldagi g‘olibi - "Lester" esa uyda "Kopengagen" bilan to‘qnash kelsa, "Lion" Fransiyada "Yuventus" bilan kuch sinashadi. 

Barcha o‘yinlar Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan:

23:45,  TsSKA - "Monako"
23:45, "Bayyer" - "Tottenhem"
23:45, "Sporting" - "Borussiya D"
23:45, "Real" - "Legiya"
23:45, "Lester" - "Kopengagen"
23:45, "Bryugge" - "Portu"
23:45, "Dinamo Z" - "Sevilya"
23:45, "Lion" - "Yuventus"

Mavzuga oid
Top