Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FIFA jahon chempionati o‘tkazilishi qoidalariga o‘zgartirish kiritdi
Foto: dynamomania.com
FIFA 2018 yilgi jahon chempionati o‘tkazilishi qoidalariga bir qator o‘zgartirishlar kiritdi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.
Yangi qoidalarga ko‘ra, jahon chempionatining guruh bosqichida jamoalar o‘rtasida ochkolar teng bo‘lsa, fair play – halol o‘yin reytingi, ya'ni jamoalar futbolchilari olgan qizil va sariq kartochkalar miqdori hisobga olinadi. Bunda birinchi navbatda avvalgidek to‘plar nisbati, so‘ngra o‘zaro uchrashuvlar natijasi va ana undan keyin jarima kartochkalari miqdori solishtiriladi.
Barcha terma jamoalar o‘z zaxirasida raqam va ism tushirilmagan qo‘shimcha darvozabon formasiga ega bo‘lishi zarur. Bu darvozabon jarohat olgan yoki maydondan chetlatilgan bo‘lsa-yu, o‘yinchilarni almashtirishga limit tugagan holatlarda kerak bo‘lishi mumkin: agar terma jamoa darvozaga maydonda harakatlanuvchi o‘yinchini qo‘yishga majbur bo‘lsa, unda darvozaga qo‘yilgan futbolchi boshqa raqam va ismdagi zaxira darvozaboni kiyimida o‘ynashiga to‘g‘ri kelmaydi.
Shuningdek, yangi qoidalarda FIFA prezidenti jahon chempionati g‘olibini taqdirlash marosimida bosh mukofotni albatta chempion jamoa sardoriga berishga majbur emasligi belgilab qo‘yildi.
manba: tribuna.uz
Mavzuga oid
18:34 / 14.01.2026
Agar yaxshi o‘ynasak, O‘zbekiston butun dunyodan muxlislar orttiradi – Shomurodov
18:21 / 31.12.2025
FIFA yilning eng yaxshi futbolchisi uchun yangi mukofot ta’sis etdi
19:58 / 29.12.2025
FIFA JCh-2026 chiptalariga talab rekord darajaga yetganini e’lon qildi
21:16 / 18.12.2025