11:51 / 18.10.2016
19196

Tramp AQShning nima uchun Rossiya bilan kelisha olmasligiga izoh berdi

Foto: The New York Times

AQSh prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Tramp siyosiy poygada g‘alaba qozongan taqdirida yangi lavozimga rasman kirishishdan avvaloq Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan  uchrashishi mumkinligini ma'lum qildi. Politico nashri uning so‘zlarini yetkazadi

"Agar men 8 noyabrdagi saylovlarda g‘alabaga erishsam, Putin bilan rahbariyatdagi faoliyatimga kirishishdan avvalroq uchrashishim mumkin", - dedi Tramp. 

"O‘ylashimcha, bu ajoyib ish bo‘lardi", - qo‘shimcha qildi milliarder. 

Jurnalistning "ruslar bilan urush"ga chek qo‘yish uchun qanday yo‘l tutish mumkinligi haqidagi savol Trampning bunday bayonot berishiga sabab bo‘ldi. Uning fikricha, Rossiya bilan bog‘liq barcha muammolar AQShning hozirgi rahbarlari tufaylidir - "ular Rossiya prezidentini ko‘p haqorat qilishadi". 

Bundan avval Demokratlar partiyasi vakilasi Hillari Klintonning maslahatchisi Jyeyk Sallivan Donald Trampning Rossiya manfaatlari yo‘lida harakat qilayotganini aytgandi. 

Top