AQSh musulmonlari: «Tramp uchun arabcha yozuvning o‘ziyoq qo‘rqinchli»
AQShning Detroyt shahriida istiqomat qiluvchi arab tilida so‘zlovchi fuqarolar mamlakat prezidentligiga respublikachilar partiyasidan nomzodi ko‘rsatilgan Donald Trampni o‘ziga xos tarzda tanqid qilishdi.
Kattagina bannerda arabcha yozuvlar bitilgan va unda Trampning qanchalik ko‘r-ko‘rona siyosat olib borishi ta'kidlangan. Bu haqda The Washington Post xabar bermoqda.
Manbada aytilishicha, bannerda arab alifbosida «Tramp bu yerda nima yozilganini o‘qiy olmaydi. Lekin u uchun arabcha yozuvning o‘ziyoq xavfli» deya yozilgan.
Tramp prezidentlikka nomzodi qo‘yilgan ilk kunlardanoq AQShdagi musulmonlar alohida nazoratga olinishi va ularga cheklovlar qo‘yilishi kerak ekani haqida gapirgandi.
Manbada aytilishicha, bu yozuvlar bitilgan hududning 43 foiz aholisi Klintonga, 37 foizi Trampga ovoz berishi prognoz qilingan.
Mavzuga oid
11:42 / 21.10.2024
Tramp Pensilvaniyada McDonald’s xodimi bo‘lib ishladi
23:13 / 20.08.2024
Tramp prezidentlik saylovida g‘alaba qozonsa Ilon Maskka Oq uydan lavozim taklif qiladi
21:54 / 04.08.2024
Tramp Putinni mahbuslar almashinuvi bilan tabrikladi
10:28 / 27.08.2021