11:50 / 19.10.2016
8517

Buffon: «Odamlar meni istaganicha ko‘mishi mumkin, lekin dafn marosimiga hech kim kelmaydi»

«Yuventus» jamoasi darvozaboni Janluidji Buffon YeChLning 3-turida «Lion»ga qarshi safarda kechgan va 1:0 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan uchrashuvdan keyingi fikrlarini bildirib o‘tdi.

Italiyalik darvozabon bu uchrashuvda belgilangan penaltini bartaraf etdi va jamoasini bir necha marta muqarrar gollardan qutqarib qoldi.

«Odamlar meni istaganicha ko‘mishi mumkin, lekin dafn marosimiga hech kim kelmaydi. Men avval ham aytganman, hamisha o‘zimga tanqidiy ko‘z bilan qarayman. Shu bilan birga menga ishonchsizlik va hurmatsizlik ko‘rsatadigan kishilarni tinglashni ham istamayman.

Keyingi vaqtlarda ko‘p ahmoqona fikrlar uchramoqda. Ularning faqat birini to‘g‘ri qabul qila olishim mumkin. Bu shunday fikr: «Axir men  Buffondan ko‘prog‘ini kutgandim». Ha, men hamisha bunday gapni qalbim bilan tinglayman», – deya Buffonning so‘zlarini keltirgan Football Italia.

Top