Facebook messenjeri foydalanuvchilarga suhbat uchun mavzular taklif qilishga o‘rgatildi. TechCrunch nashri xabar berishicha, ayni vaqtda tegishli funksiya sinovdan o‘tkazilmoqda. U Conversation Topics deb nomlandi.

Mavzu haqidagi takliflar suhbatdoshlar ostida paydo bo‘ladi. Bunda foydalanuvchilar oxirgi vaqtda shug‘ullangan ishlari, misol uchun qayerda bo‘lganlari, qanday musiqa eshitganlari va qanday tadbirga borishni rejalashtirganlari haqidagi ma'lumotlardan foydalaniladi.

Mavjud ma'lumotga ko‘ra, gap kichik sinov haqida ketmoqda, shuning uchun ayni vaqtda uncha ko‘p foydalanuvchilar yangi funksiyani o‘zlarining Messenger dasturlarida ko‘ra olmaydilar.