09:00 / 19.10.2016
6387

Xitoyning «Shenchjou-11» fazo kemasi orbital modulga ulandi

Xitoyning bortida ikki nafar fazogir bo‘lgan «Shenchjou-11» fazo kemasi «Tyangun-2» laboratoriya moduli bilan muvaffaqiyatli ulandi, deb xabar qilmoqda TASS axborot agentligi.

Pekin parvozlarni nazorat qilish markazi ma'lumotlariga ko‘ra, ulanish avtomatik tartibda, Yerdan 393 km balandlikda amalga oshirilgan. 

Avvalroq, «Shenchjou-11» ichidagi fazogirlar (taykonavtlar)ning parvozi 33 kun davom etishi, shundan 30 kunni «Tyangun-2» modulida o‘tkazishi xabar qilingan edi. 


 

Top