08:51 / 19.10.2016
6899

Ikki eronlik AQSh bilan hamkorlik qilgani uchun 10 yillik qamoq jazosiga mahkum qilindi

Foto: © CC0

Eron millatiga mansub amerikalik tadbirkor Siamak Namoziy va AQSh hamda Eron fuqaroliklariga ega bo‘lgan uning otasi, YUNISEFning sobiq vakili Bakir Namoziy AQSh bilan hamkorlik qilganlari uchun Eronda 10 yillik qamoq jazosiga mahkum qilindilar, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi. 

Ma'lum qilinishicha, Eronning neftga boy bo‘lgan Xuziston viloyati gubernatori bo‘lgan Bakir Namoziy va uning o‘g‘li "dushman amerika hukumati foydasiga ayg‘oqchilik qilishda" ayblandilar. Mutaxassislarning fikricha, ayg‘oqchilikka shubhaning paydo bo‘lishiga Siamak Namoziyning ikki davlatni yaqinlashtirishga qaratilgan faol harakatlari sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Hozircha AQSh Davlat departamenti ham, ayblanuvchilarning tarafdorlari ham sud hukmi yuzasidan izoh berishmadi. 

Axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, ayg‘oqchilikda gumon qilingan, Eron va AQSh fuqaroliklariga ega bo‘lgan yana uch kishi Erondan 2015 yilda sanksiyalar bekor qilingandan beri hibsda ushlab turilibdi.  

Eron ko‘p fuqarolikni tan olmaydi va sudlangan fuqarolarga konsullik yordamini taqdim qilishga to‘sqinlik qiladi.

Avvalroq AQSh amerikalik mahbuslarni ozod qilganlik uchun Eronning ikki bankidan sanksiyalarni olgani ma'lum qilingandi.

 

Top