Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Norvegiya Rossiya Suriyaga yuborgan kemalar suratini oldi
Foto: REUTERS
Norvegiya Rossiya O‘rta Yer dengiziga yuborgan "Admiral Kuznetsov" aviatashuvchi kemasi va "Petr Velikiy" atom kreyserining suratlarini chop etdi.
Rossiya TASS axborot agentligi iyulda bir manbaga iqtibos keltirgan holda aviatashuvchi kema Suriyadagi operatsiyada ishtirok etishini ma'lum qilgan. Kema bortida 15 ta Su-33 va MiG-29K samolyotlari va 10 dan ko‘proq Ka-52K, Ka-27 va Ka-31 vertolyotlari bo‘ladi, deb ma'lum qildi axborot agentligi.
Suratlar Norvegiya sohillari yaqinida xalqaro suvlarda olingan.
VG nashri Norvegiya tashqi razvedka xizmati boshlig‘i Morten Xag Lyundening gaplarini keltirib o‘tgan. Lyundening fikricha, 8 ta jalb qilingan kema Halab uchun yakuniy kurashda katta rol o‘ynaydi.
Moskva Osloni kemalar O‘rta Yer dengiziga ketayotganidan ogoh qilgan.
Mavzuga oid
19:45 / 14.01.2026
Moskva markazida yana Miusskaya qor tepaligi paydo bo‘ldi – fotosuratlar
15:42 / 14.01.2026
Eron Rossiyaga qariyb 3 mlrd dollarlik raketalar sotgan
12:13 / 14.01.2026
Arktika xavfsizligi: Germaniya Rossiya va Xitoy tahdidlariga ishora qildi
11:46 / 14.01.2026