12:16 / 19.10.2016
5617

OAV: Bryusselda xaridorlarni garovga olgan jinoyatchi shahar burgomistr o‘rinbosarining o‘g‘li bo‘lib chiqdi

Foto: AP

Bryusseldagi supermarketda xaridorlarni garovga olgan kishi poytaxtdagi Fore kommunasi burgomistri o‘rinbosarining o‘g‘li bo‘lib chiqdi. TASS agentligi mahalliy OAVga asoslanib, shu haqida ma'lum qildi

Burgomistrning yoshlar va sport masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Ahmad Uartassiyning o‘zi jinoyatni aynan uning o‘g‘li sodir etganligiga iqror bo‘ldi. 

U ro‘y bergan voqeadan keyin tez orada o‘tkazilgan kommunal kengash majlisida shu mazmundagi bayonot bilan chiqdi. 

Bundan avval Bryusselda Carrefour supermarketida noma'lum qurollangan erkak 15 kishini garovga olgani haqida xabar berilgandi. U Belgiya politsiyasi tomonidan qo‘lga olingan. 

Mavzuga oid
Top