18:30 / 19.10.2016
10722

Peskov Trampning Putin bilan uchrashish istagiga doir bayonotiga munosabat bildirdi

Foto: AP

Rossiya AQSh prezidentligiga nomzodlar tomonidan hamkorlik qilish istagi bildirilgan taqdirda, ularning har biri bilan muloqot qilishga tayyor.  Bu haqida RF prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov respublikachilar nomzodi Donald Trampning Rossiyaga tashrif buyurishi mumkinligi haqidagi bayonotiga izoh berayotib, jurnalistlarga ma'lum qildi. Bu haqda TASS agentligi xabar berdi. 

“Rossiya yaqin munosabatlar, hamjihatlik, hamkorlik tarafdori, shunday ekan, Moskva har qanday muloqot qilish istagiga ijobiy munosabat bildirishga tayyor”, - dedi Peskov. Shuningdek matbuot kotibi Rossiya prezidenti Vladimir Putinning “mamlakatlar o‘rtasidagi aloqalar rivojini istovchi har qanday nomzod bilan tanishishga va u bilan suhbatlashishga tayyor”ligi haqidagi  so‘zlarini eslatib o‘tdi.

Bundan avval Tramp 2016 yilning 8 noyabrida bo‘lib o‘tadigan saylovlarda g‘alaba qozonganadigan bo‘lsa, Rossiya davlat rahbari bilan lavozimga rasman kirishishdan avvaloq uchrashishga tayyor ekani ma'lum qilingandi.  

AQShning yangi prezidenti an'anaga ko‘ra, saylovdan so‘ng 2017 yilning yanvarida rasman ish boshlaydi. 

Top