Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samsung kompaniyasi dunyo aeroportlarida Galaxy Note 7 almashinuv punktlarini ochmoqda
Foto: thenews
Janubiy Koreyaning Samsung Electronics korporatsiyasi dunyo aeroportlarida do‘konlar tarmog‘ini ochadigan bo‘ldi, bu yerda muammoga duch kelgan Galaxy Note 7 smartfonlari egalari ularni boshqa qurilmalarga almashtirishlari mumkin bo‘ladi. Bu haqida VVS xabar berdi.
Note 7 egalarining bu smartfon evaziga qanday telefon olishlariga aniqlik kiritilmadi.
Janubiy Koreya hamda San-Frantsisko aeroportlarida almashinuv punktlari ishga tushib ulgurdi. Tez orada bunday punktlar AQShning boshqa aeroportlari va Avstraliyada paydo bo‘ladi.
Ma'lumki, bir qator mamlakatlar hukumatlari samolyot bortida Galaxy Note 7 smartfonlaridan foydalanishni taqiqlab qo‘ygandi. Ko‘plab yirik aviakompaniyalar ham ana shunday qaror qabul qilishdi. Bundan tashqari, ko‘pgina pochta operatorlari bu smartfonlarni tashish uchun qabul qilishdan bosh tortishmoqda.
Bundan avval Toshkent aeroportining xalqaro parvozlarni amalga oshiruvchi terminalidagi ro‘yxatga olish hududida ham yangi e'lonlar paydo bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga oid
13:42 / 02.12.2025
Samsung o‘zining birinchi uch buklanadigan Galaxy Z TriFold smartfonini taqdim etdi
19:43 / 15.11.2025
Andijonda zargarlik buyumlarini ichki a’zolariga yashirib olib kirmoqchi bo‘lgan ayollar qo‘lga tushdi
11:37 / 13.11.2025
Toshkent aeroporti: shirinlik qadoqlaridan 322 dona dori chiqdi
18:36 / 12.11.2025