08:44 / 19.10.2016
5393

WikiLeaks: Klinton saylov shtabi vitse-prezident lavozimiga Tim Kuk va Bill Geyts nomzodlarini qaragan

Foto:thenextweb.com

AQSh prezidenti lavozimiga nomzod  Xillari Klinton saylov shtabi AQSh vitse-prezidenti lavozimiga Apple rahbari Tim Kuk va Microsoft asoschisi Bill Geyts nomzodlarini qaragan. Bu haqda WikiLeaks chop etgan ma'lumotga iqtibos keltirgan holda The Verge xabar bermoqda. 

Klinton saylov kampaniyasi boshlig‘i Jon Podestaning maktublaridan birida AQSh vitse-prezidenti lavozimini egallashi mumkin bo‘lgan nomzodlar ro‘yxati keltirilgan.

Geytsdan tashqari bu ro‘yxatga uning rafiqasi Melinda ham kiritilgan bo‘lgan. Bundan tashqari, bu lavozimga General Motors rahbari Meri Barra, Xerox rahbari Ursula Berns, Starbucks rahbari Govard Shults hamda tadbirkor va Nyu-Yorkning sobiq meri Maykl Blumberg nomzodlari ham qaralgan.

Ro‘yxatdan 40 ga yaqin ism o‘rin olgan. Bu ro‘yxatga tushgan odamlarga vitse-prezident lavozimini egallash taklifi bildirilgani-yo‘qligi noma'lum.

 

Mavzuga oid
Top