19 oktabr kuni Toşkent aeroportidan Navoiyga reysni amalga oşirişi kerak bölgan IL-114 samolyoti zudlik bilan yana Toşkentga qaytib qöndi. Bu haqda samolyot bortida bölgan yölovçilardan biri ma'lum qilgan.
Manbaning bildirişiça, Toşkent-Navoiy yönalişidagi HU-1347 reysidagi samolyot belgilangan vaqtdan bir soat ötib havoga kötarilgan. Bu holat yölovçilarga ob-havoning noqulayligi bilan izohlangan.
Yölovçilar öz joylarini egallab, samolyot havoga kötarilgaç, 1 soatga yaqin vaqt davomida aeroport osmonida aylanib uçgan. Buning izohi aytilmagan. Yakunda parvoz bekor qilinib, samolyot yana Toşkent aeroportiga kelib qöngan.
Yölovçilarga uşbu holat texnik nosozlik tufayli yuzaga kelgani aytilgan. Yölovçilar va ekipaj a'zolariga heç qanday zarar yetmagan.
Samolyotni yerda yonğin xavfsizligi, favqulodda vaziyatlar, tez tibbiy yordam xizmati xodimlari kutib olgan.
Sayt tahririyati bu vaziyat yuzasidan “Özbekiston havo yöllari” Milliy aviakompaniyasi Axborot xizmati bilan boğlandi. Kompaniya vakilining aniqlik kiritilişiça, ertalabki soat 11:20da reys keçiktirilgan. Bunga noqulay ob-havo şaroiti, xususan, tuman tuşgani sabab bölgan. Soat 14:22da esa yölovçilar öşa samolyot orqali Navoiyga uçgan, keçikiş vaqti - 3 soat.
Manbaning ta'kidlaşiça, samolyotda heç qanday nosozlik aniqlanmagan. Samolyotlar parvozga çiqişidan avval, jiddiy tekşiruvlardan ötkaziladi, noqulay ob-havo tufayli reyslarning qoldirilişi esa oddiy holdir.
Parvozi keçiktirilgan samolyot 15:50da Navoiy aeroportiga yetib borib, 18:00da qaytiş reysini amalga oşirgan.

















