08:49 / 20.10.2016
9264

AQSh QK KXDRning o‘rta masofa raketasini uchirishga urinishini payqab qoldi

AQSh Qurolli kuchlari strategik qo‘mondonligining bayonot berishicha, Shimoliy Koreya o‘rta masofaga uchuvchi ballistik raketani uchirishga muvaffaqiyatsiz uringan, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti» agentligi.

«AQSh Strategik qo‘mondonligi tizimlarining 19 oktabr kechki soat 5:00da, shimoli-sharqiy Kuson shahrida (KXDR vaqti bilan ertalabki soat 8:00) qayd qilgan hodisani KXDRning raketani uchirishga urinishi deb baholaymiz», — deyiladi xabarda.

Qo‘mondonlikda ma'lum qilishlaricha, gap o‘rta masofaga uchuvchi «Musudan» ballistik raketasi haqida borayotgan bo‘lishi mumkin. 

Top