Yevropa Ligasining 3-tur uchrashuvlari davom etmoqda. "Krasnodar" jamoasi mazkur turda o‘z maydonida "Shalke"ga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuvning 10-daqiqasida Yevgeniy Konoplyanka tomonidan kiritilgan yagona gol nemis klubiga uch ochko keltirdi. Shunday qilib, o‘yin 1:0 hisobida "Shalke"ning g‘alabasi bilan yakunlandi.
Guruhning ikkinchi uchrashuvida "Nitstsa" jamoasi "Red Bull" mehmoni bo‘ldi hamda 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Krasnodar (Krasnodar, Rossiya) – Shalke-04 (Gelzenkirxen, Germaniya) – 0:1
Gol: Konoplyanka, 10 (0:1).
Ogohlantirishlar: Gazinskiy, 90+3 – Naldo, 70; Di Santo, 85.
Red Bull Zaltsburg (Zaltsburg, Avstriya) – Nitstsa (Nitstsa, Fransiya) – 0:1
Gol: Plea, 13 (0:1).
Ogohlantirishlar: Chan, 85; Laymer, 88 – Estevao, 71; Eysserik, 90+4.
Manba: tribuna.uz









