00:35 / 21.10.2016
5909

Yevropa Ligasi. "Shaxtyor" uyda "Gent" darvozasiga javobsiz beshta gol urdi, "Inter" esa "Sauthempton"ni mag‘lub qildi va boshqa natijalar

Yevropa Ligasining 3-turidan o‘rin olgan bir nechta uchrashuvlar poyoniga yetdi. "Shaxtyor" jamoasi uyda "Gent"ni qabul qildi. Mazkur o‘yinda mezbonlar raqiblaridan ustunliklarini namoyish qildi hamda 5:0 hisobida g‘alaba qozondi. "Inter" esa "Sauthempton" bilan o‘yinda Antonio Kandrevaning yagona goli evaziga 1:0 hisobida mag‘lub qildi. "Selta" esa uyda "Ayaks" bilan 2:2 hisobida durang qayd etdi. Shuningdek, bir nechta o‘yinlar bo‘lib o‘tdi. Ular bilan quyida tanishib chiqishingiz mumkin.

Shaxtyor D (Donetsk, Ukraina) – Gent (Gent, Belgiya) – 5:0

Gollar: Kovalenko, 12 (1:0); Ferreyra, 30 (2:0); Bernard, 46 (3:0); Tayson, 75 (4:0); Malishev, 85 (5:0).
Ogohlantirishlar: Eduardo, 90 – Asare, 37.

Konyaspor (Konya, Turkiya) – Braga (Braga, Portugaliya) – 1:1

Gollar: Miloshevich, 9 (1:0); Hassan, 55 (1:1).
Ogohlantirishlar: Mexa, 57; Turan, 59 – Fonte, 81.

Selta (Vigo, Ispaniya) – Ayaks (Amsterdam, Niderlandiya) – 2:2

Gollar: Ziyosh, 22 (0:1); Fontas, 29 (1:1); Yunes, 71 (1:2); Orelyana, 82 (2:2).
Ogohlantirishlar: Planas, 80 – Sanches, 17; Gudel, 30; Veltman, 31; Sinkgraven, 57; Bazur, 90+2.

Standard (Lej, Belgiya) – Panatinaikos (Afina, Gretsiya) – 2:2

Gollar: Ibarbo, 12 (0:1); Ibarbo, 36 (0:2); Edmilson, 45+1 (1:2, pen); Belfodil, 82 (2:2).
Ogohlantirishlar: Trebel, 85 – Leto, 20; Samba, 22; Zeka, 45+2; Vilyafanes, 79; Ledesma, 88.

Usmonlispor (Anqara, Turkiya) – Vilyarreal (Vilyarreal, Ispaniya) – 2:2

Gollar: Rusesku, 23 (1:0); Rusesku, 24 (2:0); N'Diayye, 55 (2:1); Pato, 74 (2:2).
Amalga oshirilmagan penalti: Soriano, 55.
Ogohlantirishlar: Demir, 89 – Borre, 45; Kastilexo, 45+2; Gonsales, 83.
Chetlatish: Gyuven, 53.

Styaua (Buxarest, Ruminiya) – Tsyurix (Tsyurix, Shveytsariya) – 1:1

Gollar: Golubovich, 63 (1:0); Kone, 86 (1:1).
Ogohlantirishlar: Tudoriye, 86 – Brunner, 61; Voser, 89; Rodriges, 90+4.

Xapoel B-Sh (Beer-Sheva, Isroil) – Sparta P (Praga, Chexiya) – 0:1

Gol: Pulkrab, 71 (0:1).
Ogohlantirishlar: Yulish, 28; Golek, 67; Dochkal, 90.

Inter M (Milan, Italiya) – Sauthempton (Sauthempton, Angliya) – 1:0

Gol: Kandreva, 67 (1:0).
Ogohlantirishlar: Brozovich, 59; Medel, 83 – Xyoyberg, 85.
Chetlatish: Brozovich, 77

Mavzuga oid
Top