21:21 / 21.10.2016
14090

Kechki dayjest: 21 oktabrning eng muhim xabarlari

Foto: Kun.uz

Yakunlanib borayotgan 21 oktabr O‘zbekiston va jahonda yuz bergan turli voqea-hodisalarning eng saralari Kun.uz dayjestida.

AQSh Davlat kotibi o‘rinbosari O‘zbekistonga keladi


Foto: Washingtontimes.com

AQSh Davlat kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Tomas Shennon kelasi haftada O‘zbekistonga tashrif buyuradi.

>>> Batafsil.

Rustam Azimov va Chjan Gaoli muzokaralar o‘tkazdi


Foto: news.cn

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri birinchi o‘rinbosari Rustam Azimov XXR Davlat kengashi raisining o‘rinbosari Chjan Gaoli bilan muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda “Sinxua” axborot agentligi.

>>> Batafsil.

O‘zbekiston Tojikistondan sement import qila boshladi

Tojikiston sanoat vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, mamlakatda ishlab chiqarilgan sement O‘zbekistonga eksport qilina boshlangan.

>>>  Batafsil.

«O‘zavtosanoat» AK mahsulotlari Shimoliy Afrika va Fors ko‘rfazi mamlakatlariga eksport qilina boshladi


Foto: «Review.uz»

Jahon iqtisodiyotida inqiroz holatlari hamon saqlanib turgan va jahon bozoridagi narxlar eksport salohiyatiga salbiy ta'sir ko‘rsatayotgan bir sharoitda yurtimiz eksportchilarining tashqi bozordagi o‘rnini saqlash maqsadida xorijga mahsulot yetkazib berish hajmini ko‘paytirish, eksport qilinadigan mahsulotlar turi va geografiyasini diversifikatsiya qilish, eksport faoliyatiga yangi korxonalarni jalb etish ishlari davom ettirildi.

>>>  Batafsil.

Samarqandda tramvay yo‘li qurilishi boshlandi: Jarayon 3 bosqichda amalga oshiriladi


Foto: Uz24

Samarqandda tramvay yo‘li qurilishi boshlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

>>> Batafsil.

Shotlandiyada Buyuk Britaniya tarkibidan chiqish bo‘yicha navbatdagi referendum o‘tkazish qonun loyihasi chop etildi


Foto: © EPA/ANDY RAIN

Shotlandiya hukumati mamlakatning Buyuk Britaniya tarkibidan chiqishi bo‘yicha 2-referendum o‘tkazish qonun loyihasini chop etdi.

>>> Batafsil.

Filippin hukumati Dutertening AQSh bilan aloqalariga oid bayonotini izohladi


Foto: AFP

Filippin respublikasi, prezident Rodrigo Dutertening Qo‘shma Shtatlar bilan xayrlashish vaqti kelgani xususida bergan bayonotiga qaramay, AQSh bilan savdo va iqtisodiy aloqalarga chek qo‘yish niyatida emas.

>>> Batafsil.

Oliy Rada spikeri Rossiya tanklarini Pragaga o‘tkazmaslikka va'da berdi


Foto: prokratura.org.ua

Ukraina Oliy Radasi spikeri Andrey Parubiyning bayonot berishicha, Ukraina Yevropani Rossiyaning qurollangan agressiyasidan himoya qiladi, deb xabar qilmoqda Ukrinform.

>>>  Batafsil.

Shvetsiya shahri IShIDning sobiq jangarilariga imtiyoz va turarjoy taklif etmoqda


Foto: cnbc.com

Shvetsiyaning Lund shahri boshqaruvi IShID terrorchilik guruhining sobiq a'zolari uchun reabilitatsiya dasturini ishlab chiqdi.

>>>  Batafsil.

Tereza Meyning 100 kunligi: Buyuk Britaniyada nimalar o‘zgardi?


Foto: VVS

20 oktabr, payshanba kuni Tereza Mey Buyuk Britaniya bosh vaziri sifatida ish boshlaganiga 100 kun bo‘ldi.

>>> Batafsil.

Savchenko Poroshenkoga Yanukovichdan uzr so‘rashni va unga joyini bo‘shatib berishni taklif etdi


Foto: RIA

Oliy Rada deputati Nadejda Savchenko Ukraina prezidenti Petro Poroshenkoga mamlakatning sobiq rahbari Viktor Yanukovichdan uzr so‘rashni va o‘z o‘rnini unga bo‘shatib berishni taklif qildi.

>>>  Batafsil.

AQShda o‘smir rus ruletkasidan halok bo‘ldi


Foto: AP/Scanpix

AQShda 18 yoshli o‘smir o‘zining tug‘ilgan kuni munosabati bilan o‘tkazilgan kechada do‘stlari bilan rus ruletkasi o‘ynashi oqibatida halok bo‘ldi.

>>>  Batafsil.

Hindistonda odam ovlovchi yo‘lbars otib tashlandi


Foto: bbc.com

Hindiston hukumatini odamlarni ovlab yeydigan yo‘lbarsning o‘ldirilgani haqida ma'lum qildi. Uni topishga qaratilgan keng ko‘lamli operatsiya olti haftaga cho‘zilgan.

>>> Batafsil.

Malayziyadan O‘zbekistonga uchayotgan yo‘lovchilar samolyot bortiga Galaxy Note 7 olib chiqishi taqiqlandi


Foto: Getty Images

Malayziya Davlat avianazorati ko‘rsatmasiga binoan hamda parvozlar xavfsizligini ta'minlash maqsadida Malayziyadan uchib keladigan yo‘lovchilarga «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi havo kemalari bortiga Samsung Galaxy Note 7 smartfonlarini olib chiqish taqiqlanadi.

>>> Batafsil.

«Barselona» Neymar bilan shartnomani uzaytirdi


Foto: twitter.com/@FCBarcelona

«Barselona» braziliyalik hujumchisi Neymar bilan shartnoma uzaytirilgani haqida rasman ma'lum qildi.

>>> Batafsil.

Mourino qishki transferlardagi rejalarini oshkor qildi


Foto: VVS


«Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino qishki transferlar vaqtidagi asosiy rejasi haqida ma'lum qildi.

>>> Batafsil.

Top