11:41 / 21.10.2016
6626

Mourino: «2 kun avval APLda eng yomon futbolchi bo‘lgan Pogba bugun ajoyib o‘yin ko‘rsatdi»

Foto: twitter.com/@BBCSport

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino Yevropa ligasi doirasida  «Fenerbahche»ga qarshi kechgan va 4:1 hisobida yakunlangan o‘yindan keyingi fikrlarini bildirib o‘tdi.

«O‘zimizga kerak bo‘lgan 3 ochkoni qo‘lga kiritdik. Yevropa Ligasida birinchi o‘yinda yutqazganimizdan keyin uyda 9 ochko va safardagi o‘yinlarda bir necha ochko qo‘lga kiritishimiz kerak edi. Bu biz uchun juda ham muhim g‘alaba.

Yaxshi o‘yin. Raqib yaxshi himoyalandi, lekin dastlabki 2ta goldan keyin o‘yin ochilib ketdi.

To‘rtinchi goldan keyin biz sur'atni tushirdik, raqib esa gol urishga harakat qildi. Menga hech qachon gol o‘tkazib yuborish yoqmaydi. Biz qaysidir vaqtda konsentratsiyani yo‘qotdik. Lekin bu normal holat, boisi, avvalroq bir necha o‘yinchilarni almashtirgandim.

2 kun avval Pogba APLda eng yomon futbolchi bo‘lgandi, oradan 48 soat o‘tib u ajoyib o‘yin o‘tkazdi. Moslashib ketishi uchun unga vaqt kerak. Men Italiyada ishlaganman, italyan futbolini yaxshi bilaman. A seriyada 4-5 yil o‘ynagandan keyin APLga darhol moslashib ketish oson emas. Pogbaga vaqt kerak», – degan Mourino.

Turnirning avvagli o‘yinlarida o‘zini ko‘rsata olmagan Pogba turklar darvozasiga 2ta gol yo‘lladi.

Manba: Tribuna.uz

Top