Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olimlar ayol haydovchilarning qiziqqon bo‘lishini aniqlashdi
Foto: ongeorgia
Janubiy Koreyaning Hyundai kompaniyasi va Goldsmith's University universiteti hamkorlikda o‘tkazgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, ayol haydovchilar erkaklarga qaraganda jahldor va qiziqqon bo‘lishadi, deb yozmoqda Motor1.com sayti.
Ijtimoiy so‘rovda Buyuk Britaniyadagi mingga yaqin haydovchilar qatnashgan.
Ma'lum bo‘lishicha, ayollar ovozli signallar, baqir-chaqir va avtomobilni boshqarish chog‘idagi maslahatlarga ancha agressiv javob qaytarishadi (14 foiz) va haydovchi burilish chirog‘ini yoqmasdan boshqa yo‘lakka o‘tishini birmuncha qizishib (13 foiz) qabul qilishadi.
Olingan natijalar esa, erkaklar rulda o‘tirganda sezilarli qiziqqon bo‘lishiga oid fikrlarni rad etadi. Olimlarning taxmin qilishicha, ayol haydovchilar ularga qadimdan meros bo‘lgan himoya instinkti tufayli o‘zlarini shunday tutishadi.
Mavzuga oid
12:06
Britaniya bilan “aqlli shifoxona” loyihasi muhokama qilindi
09:41 / 07.02.2026
Yadro quroli: Rossiya London va Parijni kelishuvga qo‘shmoqchi
07:23 / 07.02.2026
Reyting: tadqiqot va ishlanmalarga eng ko‘p pul sarflaydigan davlatlar
09:15 / 02.02.2026