Samarqandda tramvay yo‘li qurilishi boshlandi: Jarayon 3 bosqichda amalga oshiriladi

Foto: Uz24
Samarqandda tramvay yo‘li qurilishi boshlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
«Tramvay qatnovining dastlabki bosqichi Samarqand temiryo‘l vokzali maydoni va Sartepa massivi oralig‘ida yo‘lga qo‘yiladi. Po‘lat izlar Beruniy, Buyuk ipak yo‘li, Amir Temur, Turkiston ko‘chalarida yotqiziladi. Umumiy uzunligi 8 kilometrdan iborat mazkur yo‘l qurilishining dastlabki ishlari boshlandi», – deydi Samarqand shahar arxitektura va qurilish bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi Ulug‘bek Tojiboyev
Yo‘l qurilishining ikkinchi bosqichida tramvay yo‘nalishini Temiryo‘l vokzalidan Siyob dehqon bozorigacha, uchinchi bosqichida Buyuk ipak yo‘li ko‘chasidan Kimyogarlar shaharchasiga qadar uzaytirish ko‘zda tutilgan.
5 oktabr kuni Samarqand shahrida bo‘lgan O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev aholiga qulaylik yaratish borasida zamonaviy tramvay liniyalari barpo etish zarurligini ta'kidladi va shaharda dastlabki tramvay qatnovini 2017 yil Navro‘z bayramiga qadar yo‘lga qo‘yish haqida ko‘rsatma bergan edi.
Shahardagi dastlabki tramvay liniyasi Siyob bozori va Sartepa mavzesi oralig‘ida yo‘lga qo‘yilishi aytib o‘tilgan.
O‘tgan haftada 2011—2012 yillarda Chexiyadan Toshkenda harakatlanishi uchun olib kelingan Vario LF tramvaylari Samarqand vokzaliga olib borilgani ma'lum bo‘lgandi.
Bugun ijtimoiy tarmoqlarda yo‘lni tayyorlash ishlari boshlangani ko‘rsatilgan suratlar tarqaldi.
Surat muallifi yo‘l qayerdan o‘tishini taxmin qilgan.
Tavsiya etamiz
Boysunning kelajagi nima bo‘ladi? FVV mas’uli izoh bera olmadi
O‘zbekiston | 21:32 / 19.05.2025
Yerosti suvlaridan foydalanuvchilar hisoblagich o‘rnatmasa, 5 barobar soliq to‘laydi. Bu qanday ishlaydi?
O‘zbekiston | 21:05 / 19.05.2025
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26 / 19.05.2025
Rossiyaga kirishda QR-kod talab qilinadi
Jahon | 13:33 / 19.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Yaqin orada Shimoliy Kiprning Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo bo‘lgan kunlarni ham ko‘ramiz» – Erdo‘g‘an
Jahon | 16:21
-
Stubb: Vatikanda Ukraina-Rossiya muzokaralari o‘tkazilishi mumkin
Jahon | 16:20
-
O‘zbekiston va Rossiya gidrometeorologiya sohasida mutaxassislarni tayyorlaydi
O‘zbekiston | 16:10
-
Ukraina urush boshlanganidan beri 49 ming erkakning xorijga chiqib ketishining oldini oldi
Jahon | 16:00
Mavzuga oid

18:43 / 16.05.2025
Samarqandda maktab o‘quvchilarining janjali ulardan birining o‘limi bilan tugadi

12:02 / 11.05.2025
Samarqanddagi uyda gaz portlashi qurbonlari soni oshdi

15:18 / 09.05.2025
"Ostona–Turkiston–Samarqand" yo‘nalishida yangi aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

11:48 / 08.05.2025