14:47 / 21.10.2016
6483

Zidan «Real» yetakchilari o‘yinidan norozi

Foto: Marca

Madridning «Real» jamoasi bosh murabbiyi Zaynidin Zidan jamoa hujumchilari Krishtianu Ronaldu va Karim Benzema, shuningdek, yarimhimoyachi Garet Beyl maydonda yanada samaraliroq harakat qilishi kerak deb hisoblaydi.

Marca nashri ma'lumotiga ko‘ra, fransiyalik mutaxassis ushbu futbolchilardan ko‘proq narsa kutadi va ular jamoaga ko‘proq foyda keltirishini istaydi. Zidanning hisoblashicha, jamoada Karlos Kasemiro va Luka Modrich jarohat olib safdan chiqqani uchun ularning yo‘qligini bildirmay turish lozim. Murabbiy buning uchun maydonga tushgan barcha futbolchi birdek mehnat qilishi kerakligini ta'kidlagan.

Manba: Tribuna.uz

Top