22:13 / 22.10.2016
6156

"Barselona" qiyin kechgan o‘yinda "Valensiya"ni mag‘lub qildi, Messidan dubl

Ispaniya chempionatining 9-turida "Barselona" jamoasi safarda "Valensiya"ga qarshi maydonga tushdi. 

Qiziqarli va gollarga boy kechgan o‘yinda kataloniyaliklar 3:2 hisobida zafar quchdi.

O‘yinning 22-daqiqasida Lionel Messi hisobni ochgan bo‘lsa, Munir 52-daqiqada hisobni tenglashtirdi. 4 daqiqadan so‘ng Rodrigo “ko‘rshapalaklar”ni oldinga olib chiqdi – 2:1.

62-daqiqada Luis Suares muvozanatni tikladi. O‘yin yakunida Messi penaltidan gol kiritib, “Barselona”ga 3 ochko taqdim qildi.

Ispaniya chempionati, 9-tur

"Valensiya" – "Barselona" -  2:3
Gollar:
 0:1 – 22 Messi, 1:1 – 52 Munir, 2:1 – 56 Rodrigo, 2:2 – 62 Suares, 2:3 – 90 penalti Messi. 
"Valensiya" – Diyego Alves, Garay, Gayya (Abdennur, 38), Montoyya (Munir, 46), Joau Kanselu, Parexo, Suares, Peres, Nani, Rodrigo (Santi Mina, 71), Mangalya.
"Barselona" – ter Stegen, Messi, Din, Umtiti, Andre Gomesh (Suares, 71), Maskerano, Inesta (Rakitich, 14), Serdji Roberto, Buskets, Neymar, Suares.
Ogohlantirishlar: Garay (17), Diyego Alves (23), Buskets (25), Din (47), Neymar (51), Suares (69), Messi (73), Peres (76), Abdennur (90).

 

Manba: tribuna.uz

Top