21:19 / 22.10.2016
14989

Kechki dayjest: 22 oktabrning eng muhim xabarlari

Yakunlanib borayotgan 22 oktabr O‘zbekiston va jahonda yuz bergan turli voqea-hodisalarning eng saralari Kun.uz dayjestida.

O‘zbekistonning zamonaviy taraqqiyoti Londonda muhokama etildi


Foto: © Fotolia

Mamlakatimizning Londondagi elchixonasida O‘zbekistonning zamonaviy rivojlanishi mavzusiga bag‘ishlangan brifing bo‘lib o‘tdi.

>>> Batafsil.

"Qotil-masxarabozlar" Germaniyaga ham yetib keldi


Foto: © AP

AQShda paydo bo‘lib, ommalashib ketgan, odamlarni qo‘rqituvchi "qotil-masxarabozlar" o‘zining qo‘rqinchli qiyofalari bilan Germaniyada ham paydo bo‘ldi.

>>> Batafsil.

OAV: IShID jangarilari Mo‘sulda 300ga yaqin kishini vahshiylarcha qatl qildi


Foto: © EPA

IShID terrorchilik guruhi jangarilari Mo‘sulda 284 kishini qatl qildi.

>>> Batafsil.

Hindistonda mushaklardan 9 kishi halok bo‘ldi

Hindistonning Shivakashi shahrida (Tamilnad shtati) mushaklar (feyyerverk) ortilgan yuk mashinasi yonib ketishi oqibatida pirotexnikaning portlashidan 9 kishi halok bo‘ldi.

>>> Batafsil.

AQSh Raqqaga hujum qilinishini e'lon qildi


Foto: rtl

IShIDga qarshi kurashuvchi xalqaro koalitsiya kuchlari Iroqning Mo‘sul shahrini ozod qilgandan keyin, Suriyaning Raqqa shahriga hujum qilishi ma'lum qilindi.

>>> Batafsil.

KXDR BMT XKning rezolyutsiyasini noqonuniy deb baholadi


Foto: RIA

KXDR hukumati BMT Xavfsizlik kengashining ushbu mamlakatga qarshi qabul qilgan sanksiyali rezolyutsiyasini noqonuniy deb hisoblashini bildirdi.

>>>  Batafsil.

Manba: Mi-8 vertolyotining Yamalda halokatga uchrashi oqibatida 21 kishi halok bo‘lgan


Foto: RIA

Mi-8 vertolyotining Yamalda qulab tushishi oqibatida 21 kishi hayotdan ko‘z yumgan, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti» agentligi mintaqa favqulodda holatlar xizmatidagi manbasiga tayangan holda.

>>>  Batafsil.

Tailandda 150 mingdan ortiq kishi marhum monarx sharafiga madhiya ijro etdi


Foto: Reuters

Tailandning marhum qiroli Pxumipon Adulyadet sharafiga qirollik madhiyasining yangi versiyasini kuylash uchun Bangkokdagi Katta saroy yoniga 150 mingdan ortiq kishi to‘plandi.

>>> Batafsil.

Xitoy temir rudasi importi bo‘yicha rekord o‘rnatdi


Foto: BetaFinance

Xitoy metallurgiya kompaniyalari sentabr oyida rekord hajmda temir rudalarini import qilgan. Mamlakat bojxona boshqarmasi hisobotiga ko‘ra, hisobot davri mobaynida 92,99 mln tonna temir rudasi olib kirilgan.

>>>  Batafsil.

Katta bo‘g‘ma ilon xalqaro golf-turnirning o‘tkazilishiga xalaqit berdi


Foto: PGA TOUR/Twitter

Malayziyada PGA Tour tashkiloti tomonidan o‘tkazilayotgan golf bo‘yicha CIMB Classic xalqaro musobaqasini maydonda 2 metrlik bo‘g‘ma ilon paydo bo‘lgani sababli to‘xtatishga to‘g‘ri keldi.

>>> Batafsil.

Parvoz vaqtida krossovkasini yo‘qotib qo‘ygan parashyutchi uni quvib yetishga muvaffaq bo‘ldi

Texaslik parashyutchi 3000 metrlik balandlikda krossovkasini tushirib qo‘ydi, lekin bunday kutilmagan vaziyatda o‘zini yo‘qotib qo‘ymadi va unga yetib oldi.

>>> Batafsil.

Shvetsiyada dunyodagi eng qimmat chipslar ishlab chiqarildi


Foto: newser.com

Shvetsiyaning pivo ishlab chiqaruvchi St. Erik’s Bryggeri kompaniyasi dunyodagi eng qimmat chipslar ishlab chiqardi.

>>>  Batafsil.

Duduqlanishdan aziyat chekkan Hollivud yulduzlari

Nazvaniye

 

Bugun, 22 oktabr, Xalqaro duduqlar kuni nishonlanmoqda. Hollivudning ko‘plab yulduzlari ham o‘z vaqtida oddiy odamlar singari  duduqlanishdan aziyat chekishgan.

>>> Batafsil.

Svetlana Kuznetsova Kreml kubogi g‘olibi bo‘ldi


Foto: RIA

Rossiyaning birinchi raqamli raketkasi Svetlana Kuznetsova tennis bo‘yicha Kreml kubogi final bahsida avstraliyalik Darya Gavrilovani 6:2, 6:1 hisobida mag‘lub etdi.

>>>  Batafsil.

Marchello Lippi Xitoy terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi,


Foto: eurosport.com

Italiyalik mutaxassis Marchello Lippi Xitoy terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi.

>>>  Batafsil.

“Yuventus” – “Milan”, “Chelsi” – “Manchester Yunayted” va dam olish kunlari o‘tkazib yuborib bo‘lmas o‘yinlar,

22-23 oktabr kunlari Yevropada milliy chempionat o‘yinlari davom ettiriladi. Futbol muxlislarini bir qator qiziqarli o‘yinlar kutmoqda.

>>> Batafsil.

Top