10:22 / 22.10.2016
8737

«Real» hujumchisi yosh muxlisini jamoa bazasiga avtomobilida olib keldi

Foto: Streamable

Madridning «Real» jamoasi hujumchisi Alvaro Morata muxlisini jamoaning mashg‘ulotlar bazasiga o‘z mashinasida olib kelgan. Morata imzosi qo‘yilgan futbolkasini taqdim etish maqsadida shunday yo‘l tutgan. Ushbu voqeaga oid videolavha Carletto nomli foydalanuvchining Streamable portalidagi sahifasiga joylashtirilgan.

Jamoa futbolkasi yonida bo‘lmagan Morata bolani avtomobiliga taklif qilgan hamda mashg‘ulotlar bazasiga olib kelgan. Albatta, bundan avval hujumchi bolaning onasidan ruxsat so‘ragan. 

Manba: Tribuna.uz

Mavzuga oid
Top