22:35 / 23.10.2016
18000

Haftalik dayjest: O‘zbekiston va xalqaro maydonda ro‘y bergan eng sara voqea va hodisalar

O‘tgan hafta mobaynida O‘zbekiston va xalqaro hayotda muhim voqealar sodir bo‘ldi, muhim qarorlar qabul qilindi, ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan hodisalar sodir bo‘ldi. Ana shu voqea-hodisalarning eng muhim va qiziqarlilari haftalik dayjestda.

17 oktabrning eng muhim xabarlari

Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga Vazirlar Mahkamasi tomonidan qonunchilik tashabbusi asosida O‘zbekiston Respublikasining “Ma'muriy qamoqni o‘tash tartibi to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi kiritildi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qonunchilik tashabbusi huquqi asosida kiritilgan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni loyihasini Qonunchilik palatasi majlisida ko‘rib chiqish masalasi muhokama etildi.


Foto: avialine.info

2016 yilning 18 oktabridan “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi aviachiptalarni onlayn-bronlash va ular uchun UzCard bank kartochkalari vositasida haq to‘lash bo‘yicha xizmatlar turini kengaytiradi.

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi 2016 yil 7 oktabr kuni «O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy ro‘yxatda turish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni qabul qildi.

Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidentining birinchi o‘rinbosari, Afg‘oniston Milliy islomiy harakati partiyasi raisi va Afg‘oniston turkiy millatlar rahbari, general Abdurashid Do‘stum «Tolibon» harakati jangarilari qo‘ygan pistirmaga tushib qolgan va jarohatlangan.

Mo‘sulga aviazarbalar berilishi boshlanishidan bir necha daqiqa oldin shahardan IShID yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiy qutqarib olib chiqib ketildi. Bu haqda Iroq xavfsizlik xizmatidagi manbaga asoslanib RIA Novosti xabar berdi.

Bu va boshqa xabarlar haqida >>>  batafsil.

18 oktabrning eng muhim xabarlari


Foto: © AP

 

Halabdagi ishonchli muxolifat guruhlari terrorchilardan ajralib chiqsa, Halabdagi o‘t ochishni to‘xtatish davriy bo‘lmaydi, deb bayonot berdi RFning BMTdagi doimiy vakili Vitaliy Churkin.

>>> Batafsil.


Foto: Getty Images

Xillari Klinton AQSh davlat kotibi bo‘lib ishlagan kezlarida o‘z yordamchilari bilan davlat departamentidan o‘zining Vashingtondagi qarorgohidan mebel jihozlari va yorug‘lik lampalarini olib chiqib ketgan. Sobiq davlat kotibi ishining bu va boshqa "nozik jihatlari" haqida Klinton xavfsizligini ta'minlagan FQBning sobiq agenti gapirib berdi. Bu haqda CBS News telekanali xabar bermoqda.

>>>  Batafsil.


Foto: © AP

WikiLeaks AQSh prezidentligi uchun Demokratik partiya nomzodi Hillari Klinton saylovoldi shtabi rahbari Jon Podestaning maxfiy elektron maktublarini e'lon qilishda davom etmoqda. Sayt maktublarning o‘ninchi qismini oshkor qilgan.

>>> Batafsil.


Foto:© Sputnik

Yaman tashqi ishlar vaziri Abdulmalik al-Mahlafiy mamlakat prezidenti Abd Rabbo Mansur Hodiy isyonchi-husiychilar bilan yarashuvga rozi bo‘lganini ma'lum qildi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.

>>> Batafsil.


Foto: theverge

Amerika maxsus xizmatlari sirlarini fosh qiluvchi Edvard Snouden WikiLeaks asoschisi, internet tarmog‘iga ulanish imkonidan mahrum etilgan Julian Assanjni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

>>> Batafsil.


Foto: NASA

Angliyalik astronavt Timoti Pik Shotlandiyaning Glazgo ilmiy markazidagi tadbirda Xalqaro fazoviy stansiyasi (XFS) bortida yashagani haqida so‘zlab berdi. Jumladan, u inson peshobi qayta ishlanishi natijasida olingan ichimlik suvi haqidagi taassurotlarini bo‘lishdi.

>>> Batafsil.


Foto: Toshpulat Raxmatullayev

1 oktabr kuni samarqandlik jurnalist Toshpo‘lat Rahmatullayev Bosh vazirning Virtual qabulxonasiga ikkita taklif bilan murojaat yo‘llagandi.

>>> Batafsil.

19 oktabrning eng muhim xabarlari

2016 yilning 18 oktabr kuni Farg‘ona viloyati hududida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining reja asosida parvoz qilgan Mi-171 vertolyoti halokatga uchradi. Halokat oqibatida 3 ekipaj a'zosi va vertolyotda bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 6 harbiy xizmatchisi halok bo‘ldi.


Foto: AFP/Arxiv surat

Avval xabar berilganidek, Toshkentda IHT TIVKning 43-sessiyasi o‘z ishini davom ettirmoqda. Kuni kecha, uning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti v.b. Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, sessiya qatnashchilari oldida ma'ruza qildi.

Turli sohalardagi yetakchi olimlar, Nobel mukofoti sovrindorlari guruhi AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Xillari Klintonni AQShda erkinlikni himoyalashga yagona imkoniyat deb atab, uning nomzodini qo‘llab-quvvatlashdi.

Qozog‘iston parlamenti Majilisi (quyi palatasi) RF bilan Boyqo‘ng‘ir maqomi bo‘yicha mavjud bitimga o‘zgartish kiritishga oid kelishuvni tasdiqladi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti agentligi.

Bu va boshqa xabarlar haqida >>>   batafsil.

20 oktabrning eng muhim xabarlari

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev 18 oktabr kuni O‘zbekistonning Farg‘ona viloyatida Mudofaa vazirligiga tegishli Mi-171 vertolyoti halokatga uchragani munosabati bilan O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyevga hamdardlik bildirdi.

Buyuk Britaniya parlamenti Lordlar palatasi a'zosi, Britaniya imperiyasi ordeni faxriy sohibi, baronessa Viven Stern O‘zbekistonga o‘zining rasmiy tashrifini boshladi.


Foto: TAEDP

Berlinda normand formatidagi muzokaralar nihoyasiga yetdi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin jurnalistlar bilan suhbatda yetakchilarning Donbassdagi nizo va YeXHT missiyasini kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishishgani haqida ma'lum qildi.

AQShning Nevada universitetida (Las-Vegas) prezidentlik debatlarining final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Debatlarga  Fox News jurnalisti Kris Uollec moderatorlik qildi. Boshlovchi Donald Tramp va Hillari Klintonga olti mavzu bo‘yicha savol bilan murojaat qildi.

Bu va boshqa xabarlar haqida >>>   batafsil.

21 oktabrning eng muhim xabarlari

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri birinchi o‘rinbosari Rustam Azimov XXR Davlat kengashi raisining o‘rinbosari Chjan Gaoli bilan muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda “Sinxua” axborot agentligi.

Jahon iqtisodiyotida inqiroz holatlari hamon saqlanib turgan va jahon bozoridagi narxlar eksport salohiyatiga salbiy ta'sir ko‘rsatayotgan bir sharoitda yurtimiz eksportchilarining tashqi bozordagi o‘rnini saqlash maqsadida xorijga mahsulot yetkazib berish hajmini ko‘paytirish, eksport qilinadigan mahsulotlar turi va geografiyasini diversifikatsiya qilish, eksport faoliyatiga yangi korxonalarni jalb etish ishlari davom ettirildi.


Foto: «Review.uz»

Shvetsiyaning Lund shahri boshqaruvi IShID terrorchilik guruhining sobiq a'zolari uchun reabilitatsiya dasturini ishlab chiqdi.

Oliy Rada deputati Nadejda Savchenko Ukraina prezidenti Petro Poroshenkoga mamlakatning sobiq rahbari Viktor Yanukovichdan uzr so‘rashni va o‘z o‘rnini unga bo‘shatib berishni taklif qildi.

Bu va boshqa xabarlar haqida >>>   batafsil.

22 oktabrning eng muhim xabarlari

AQShda paydo bo‘lib, ommalashib ketgan, odamlarni qo‘rqituvchi "qotil-masxarabozlar" o‘zining qo‘rqinchli qiyofalari bilan Germaniyada ham paydo bo‘ldi.
Hindistonning Shivakashi shahrida (Tamilnad shtati) mushaklar (feyyerverk) ortilgan yuk mashinasi yonib ketishi oqibatida pirotexnikaning portlashidan 9 kishi halok bo‘ldi.

Foto: © AP

Tailandning marhum qiroli Pxumipon Adulyadet sharafiga qirollik madhiyasining yangi versiyasini kuylash uchun Bangkokdagi Katta saroy yoniga 150 mingdan ortiq kishi to‘plandi.

Italiyalik mutaxassis Marchello Lippi Xitoy terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi.
Bu va boshqa xabarlar haqida >>>   batafsil.

Top