Jamiyat | 15:33 / 23.10.2016
5279
1 daqiqa o‘qiladi

Parij yaqinida noma'lum shaxslar avtobusni yoqib yubordi

Foto: Le Parisien

Parij shahri yaqinidagi La-Kurnyovda yo‘nalishli avtobusga o‘t qo‘yildi.

Le Parisien nashri ma'lumotiga ko‘ra, 3 nafar yosh yigit niqob taqqan holda yo‘lovchilar va haydovchini avtobusdan chiqishga majburlashgan. Shundan so‘ng unga o‘t qo‘yishgan.

Qayd etilishicha bu hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Ayni vaqtda hodisa tafsilotlari o‘rganilmoqda.

Avgust oyida Parijda shunga o‘xsha hodisa ro‘y bergandi. O‘shanda ham yosh yigitlar guruhi avtobusni to‘xtatishgan, unga tosh va shisha idishlar uloqtirib, keyin o‘t qo‘yishgandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid