09:44 / 23.10.2016
3775

Rossiyaning Ryazan shahrida gaz portlashi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi

Foto: / TASS

Rossiyaning Ryazan shahridagi ko‘p qavatli turarjoy binolaridan birida maishiy gaz portlashi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi. Favqulodda vaziyatlar idoralariga falokat haqidagi xabar 23 oktabr soat 04:36da kelib tushgan. Voqea joyiga tezkor xizmatlar yetib kelgan. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.    

Portlash uyning yuqori qavatlarida sodir bo‘lgan, oqibatda 9- va 10-qavatdagi uylar shikastlangan.  

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, voqea oqibatida 3 kishi halok bo‘lib, 10 kishi jabrlangan. Jabrlanganlar  orasida bir bola ham bo‘lgan. Barcha jarohatlanganlar shifoxonalarga yetkazilganlar.

Hozir voqea joyida 120 dan ko‘proq odam ish olib bormoqda. Ular uyni vayronalar ostida jabrlanganlar borligiga ko‘zdan kechirishmoqda. Uydan 28 kishi evakuatsiya qilingan. Ularga vaqtinchalik boshpana tashkillashtirilgan. 

 

Top