Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kaliforniyada sayyohlar avtobusi YTHga uchrashi oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi
23 oktabrda AQShning Kaliforniya shtatida sayyohlar avtobusi yuk mashinasi bilan to‘qnashishi oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda NBC News xabar bergan.
Avtohalokat Hindu kanonida – Sonoma va Santa-Barbara shaharlari o‘rtasidagi trassada, Palm-Springs kurort shahri yaqinida yuz bergan. Avtobus katta tezlikda kelib yuk mashinasining orqasiga urilgan. Avtobus haydovchisi halok bo‘lgan.
Voqea joyiga kelgan qutqaruvchilar majaqlanib ketgan avtobus ichidan yo‘lovchilarni chiqarib olishgan.
Ma'lum qilinishicha, yo‘l-transport hodisasi oqibatida yana 31 kishi jarohatlangan. Ularning barchasi shifoxonaga jo‘natilgan.
Huquq-tartibot muassasalari YTH sababini aniqlashtirmoqdalar.
Mavzuga oid
11:10 / 01.07.2026
Toshkentda Tracker va BYD ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
10:15 / 01.07.2026
Qamchiqda yonilg‘i tashuvchi maxsus avtomobil YTHga uchradi
17:56 / 30.06.2026
Toshkentda YTH oqibatida Lacetti ikkiga bo‘linib ketdi
11:56 / 30.06.2026