21:16 / 24.10.2016
5686

Messi, Mahrez va Modrich ham «Oltin to‘p» olishi mumkin bo‘lgan futbolchilar safida

Foto: Goal

France Football nashri «Oltin to‘p» mukofotiga da'vogar futbolchilarning navbatdagi beshligini e'lon qildi.

Endilikda Lionel Messi («Barselona»), Luka Modrich («Real»), Tomas Myuller («Bavariya»), Ugo Loris («Tottenhem»), va Riyoz Mahrez («Lester») ham ushbu mukofot uchun da'vogarlar qatorida.

Bungacha Serxio Aguero («Manchester Siti»), Per-Emerik Obameyang («Borussiya» Dortmund), Garet Beyl («Real»), Janluidji Buffon («Yuventus»), Krishtianu Ronaldu («Real»), Kevin de Bryuyne («Manchester Siti»), Paulo Dibala («Yuventus»), Diyego Godin, Antuan Grizmann (oba – «Atletiko»), Gonsalo Iguain («Yuventus» / «Napoli»), Zlatan Ibrahimovich («Manchester Yunayted»), Andres Inesta («Barselona»), Koke («Atletiko»), Toni Kroos («Real»), Robert Levandovski («Bavariya») kabi futbolchilar mukofot uchun da'vogarlar sifatida ma'lum bo‘lgandi.

Yana 10 nafar futbolchi nomi kun davomida ma'lum qilinadi. 

Bundan oldinroq FIFA va France Football «Oltin to‘p» egasini aniqlash va taqdirlash bo‘yicha 5 yillik kelishuv muddati tugaganini ma'lum qilgandi. Jurnal 1956 yildan 2009 yilgacha jurnalistlarning ovoz berishlari orqali g‘olibni aniqlagandi. 2010 yildan buyon esa mukofot FIFA tomonidan topshiriladigan bo‘ldi. Bu holatda individual mukofot g‘olibini aniqlashda OAV vakillaridan tashqari butun dunyodagi terma jamoalarning bosh murabbiylari hamda terma jamoalarning sardorlari ishtirok etishi joriy qilindi.

Mavzuga oid
Top