14:35 / 24.10.2016
16752

Mourino o‘yindan keyin Kontening qulog‘iga nima degani ma'lum bo‘ldi

Foto: VVS

«Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino «Chelsi»ga qarshi o‘yindan keyin raqiblar bosh murabbiyi Antonio Kontega nima degani ma'lum bo‘ldi.

«Bunday nishonlamaslik kerak. 1:0 bo‘lsa mayli edi.  4:0 hisobida esa bu shunchaki bizni yerga urishdir», – deya uning so‘zlarini keltirgan Italian Football TV.

Bundan oldinroq Antonio Konte o‘yin yakunidagi harakatlariga izoh berib (u to‘rtinchi golni katta xursandchilik bilan nishonlagandi - tahr.), muxlislardan futbolchilarga olqish olib berish niyatida bo‘lgani, bunga futbolchilar munosib bo‘lgani haqida aytib o‘tgandi. U Mourino bilan o‘yindan keyingi gaplarni oshkor qilmaslikni ma'qul ko‘rgan.

Top