Sport | 19:14 / 24.10.2016
9309
1 daqiqa o‘qiladi
Telekanallar Verratti o‘zining almashtirilganidan qattiq norozi bo‘lgani ko‘rsatilgan videoni namoyish qildi
«Pari Sen-Jyermen» jamoasining italiyalik yarim himoyachisi Marko Verratti Fransiya chempionatining 10-turida «Marsel»ga qarshi kechgan va 0:0 hisobidagi durang bilan yakunlangan uchrashuv vaqtida maydondan olinganiga ochiqchasiga norozilik bildirdi.
Parijliklar bosh murabbiyi Unay Emeri uchrashuvning 59-daqiqasida ushbu yosh xavbekning o‘rniga Blez Matyuidini tushirgandi.
«Men yomon o‘ynayotgandimmi? U bu bilan men yomon o‘ynaganimni aytdimi?», – deya murojaat qilgan futbolchi «PSJ» jamoasining zaxira o‘rindig‘idagi futbolchilar va yordamchi murabbiylarga.
Bu video mahalliy telekanallar xabarlarida namoyish etilgan.