Jahon | 10:28 / 25.10.2016
5565
1 daqiqa o‘qiladi
Avstraliya bosh vaziri ishtirokidagi majlis o‘tayotgan binoda shift qulab tushdi
Avstraliya bosh vaziri Malkolm Tyornbull ishtirokidagi majlis o‘tkazilayotgan bino hududida shift quladi. Hodisa Brisben shahrida ro‘y bergan.
ABC News telekanali ma'lumotiga ko‘ra, hodisa oqibatida 3 kishi jarohatlangan, bosh vazir va majlisning boshqa ishtirokchilariga jabr yetmagan.
Mahalliy nashrning yozishicha, 36-qavatdagi xonalardan birining shifti qulagan, shu qavatdagi boshqa zalda bosh vazir ishtirokidagi yig‘ilish bo‘lib o‘tayotgandi.
Politsiya ma'lumotiga ko‘ra, bu hodisa hollda ro‘y bergan va talofatsiz kechgan.