«Çinor ostidagi duel», «Suyunçi», «Kelinlar qözğoloni», «Armon», «Maysaraning işi», «Közlarim yölingda», «Ötgan kunlar», «Çimildiq» va boşqa filmlarning rejissyori Melis Abzalov 78 yoşida vafot etdi. Bu haqda marhumning dösti, rejissyor Ali Hamroyev özining feysbukdagi sahifasi orqali ma'lum qilgan.
"25 oktabr tongi. Bulutli va yomğirli. Stokgolmdan qönğiroq böldi. Özini tuta olmay höngrayotgan ovoz. Darhol söradim:
- Nazira, sizlarda qandaydir baxtsizlik böldimi?..
-Dadam vafot etdi!.. Xonasidan çiqayotib yiqildi... Infarkt...", deyiladi postda.
Sönggi oylarda Melis Abzalov Şvetsiyada, qizining uyida yaşab kelayotgandi.
Manbada marhum 26 oktabr kuni Stokgolm şahrida dafn etilişi aytilgan.
Melis Abzalovning boşqa qarindoşlari taniqli kinoarbob bilan Toşkentda, 26 oktabr kuni mahalliy vaqt bilan 14:00 da Muhammad Yusuf köçasidagi 68-uy, 1-xonadonda xayrlaşadi.
Melis Abzalov 1938 yil 18 noyabrda Yangiyölda tavallud topgan. Abzalov 1961 yil Toşkent davlat san'at institutini tugatgan. 1962 yil «Özbekfilm»da işlaşni boşlagan. 1961—1962 yillar Yoş tomoşabinlar teatrida aktyor bölib işlagan. 1962—1965 yillar «Özbekfilm» kinostudiyasida rejissyor assistenti, keyinçalik rejissyor va aktyor, 1989 yildan «Vatan» kinostudiyasining badiiy rahbari bölib faoliyat yuritgan.
Abzalov ijodiga komediya janridagi filmlar yaqin bölib, ular öziga xos milliy böyoqlarga boyligi, xarakterlarning töliq oçilganligi bilan ajralib turadi. Filmlarida yengil lirika ötkir satirik epizodlar bilan uyğunlaşib ketadi.
Abzalov aktyor sifatida Abdulla («Yettinçi öq»), Olloyorboy («Inson quşlar ortidan boradi»), Eşon Zaynullo («Qöqon voqeasi»), Qoraşoh («Arslonning sarguzaştlari») va boşqa obrazlarni yaratgan.
Melis Abzalovning filmlari özbekistonliklarning bir neça avlodiga yaxşi tanişdir. Uning filmlaridagi dialoglar özbek xalqining maqolu matallariga aylanib ketgan.












