Oqsuyak bloger tarmoq foydalanuvchilarini fastfud lavhalari bilan hayratga soldi
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari kostyum-shim kiygan, sochlariga oro bergan Jon ismli o‘smirning videoblogiga e'tibor qaratishdi, u 5 yil mobaynida shunday po‘rim ko‘rinishda arzon ovqat va ichimliklar iste'mol qilib, bu jarayonlar videosi bilan bo‘lishgan. Bu haqida Reddit portali ma'lum qildi.
2011 yilning fevralida Jon TheReportOfTheWeek kanalini yo‘lga qo‘ygan. Dastlab u quvvatbaxsh ichimliklar iste'molini tasvirga tushirmoqchi bo‘lgan, lekin keyinroq fastfudga bog‘liq videolar bilan bo‘lisha boshlagan. Uning videolari umumiy hisobda 9,7 million marta ko‘rilgan, blogerning “ijodi”ni taxminan 130 ming follover kuzatadi.
Kanaldagi eng mashhur video Dominos pitssasiga bag‘ishlanadi. U 2012 yilda taqdim qilingan va 600 ming martadan ortiq ko‘rilgan. 5 daqiqali rolikda Jon mahsulotning tashqi ko‘rinishi va mazasini baholaydi hamda pitssaning juda yaxshi tayyorlangani haqidagi xulosaga keladi.
Blogerning mashhurligi bo‘yicha ikkinchi roligi ichimlik suviga bag‘ishlangan. O‘smir tozalangan suv va Great Value markasidagi chashma suvining sifatini taqqoslaydi. Jonning jiddiy qiyofada mahsulotning “maxsus suvli mazasi” haqida so‘zlashi Reddit foydalanuvchilarning kulgisiga sabab bo‘lgan.
Ba'zan bloger fastfud lavhalarini o‘z mashinasidan olib boradi, ba'zan esa qandaydir tadbirlarda ishtirok etadi. U taqdim qilgan videolardan biri xot-dog yeyish tanloviga bag‘ishlangan.
Jonning malla mushugi bo‘lib, u ham s'yomka jarayonlarida qatnashib turadi.
Reddit’da izoh qoldirayotganlarning fikricha, bloger eski filmlardagi gangsterlarga o‘xshab ketadi. Jonning o‘zi esa hayotda ham xuddi ekrandagi kabi ekanliligini ta'kidlaydi.
Mavzuga oid
20:39 / 22.10.2024
Foto: Tramp McDonaldʼs yemakxonasida kartoshka qovurdi
16:37 / 16.03.2024
O‘zbekistonda McDonald’s fastfud tarmog‘i ochilishi mumkin
19:41 / 01.02.2024
Toshkentdagi fastfud tarmog‘i elektrdan noqonuniy foydalanib kelgani aniqlandi
16:48 / 14.10.2023