Moskvada noma'lumlar tomonidan AQSh elchisi qarorgohiga fayyerlar va norozilik bildirilgan varaqalar uloqtirildi.
Uch nafar yosh yigit Spaso-Xausdagi qarorgohga yoqilgan fayyerlar uloqtirishgan va uning atrofida AQSh bazalarini Yevropadan olib chiqib ketish talabi bildirilgan varaqalar sochib chiqishgan. Aktsiyaning ishtirokchilaridan biri o‘zini qarorgoh panjarasiga kishanlab qo‘ygan.
Politsiya norozilarni ushlagan.
"Moskva markazida ruxsat berilmagan aksiyani o‘tkazganlik uchun politsiya xodimlari tomonidan uch yosh yigit hibsga olingan", deb ma'lum qildi Moskva huquq-tartibot muassasalari bayonotiga iqtibos keltirgan holda TASS axborot agentligi.
Ta'kidlanishicha, hibsga olinganlarga nisbatan "ruxsat berilmagan aksiyani o‘tkazish" va "politsiya xodimlariga qarshilik ko‘rsatish" ma'muriy qoidabuzarliklari bo‘yicha ish qo‘zg‘atilishi mumkin.









