Fotojamlanma: O‘zbekiston delegatsiyasining O‘sh viloyatiga tashrifi
26 oktabr kuni O‘zbekiston respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari Adham Ikromov boshchiligidagi delegatsiya javob tariqasidagi tashrif bilan Qirg‘izistonning O‘sh viloyatida bo‘ldi. O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibi Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari hokimlari, davlat organlari, ilm-fan va maorif, madaniyat va san'at sohalari vakillaridan iborat bo‘ldi.
«Dostuk» NO‘Pda O‘zbekiston delegatsiyasini Qirg‘iziston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Muxammetkali Abulgaziyev, bosh vazir o‘rinbosari Jyenish Razakov, Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi elchisi Daniyar Sidikov, O‘sh, Jalolobod va Botken viloyatlari rahbarlari, oqsoqollar, jamoat va madaniyat vakillari kutib oldi.
Tashrif doirasida delegatsiya O‘sh davlat universitetida bo‘lib, tibbiyot fakulteti faoliyati bilan tanishdi. Talabalar oldida so‘zga chiqqan Adham Ikramov ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlik va do‘stona qo‘shnichilik aloqalarining buzilmas ekanini qayd etib o‘tdi.
O‘zbekiston vakillari O‘sh markaziy maydonida tashkillashtirilgan turli madaniy tadbirlarda ishtirok etdi, shuningdek, fermerlarning qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hamda mahalliy ustalarning qo‘l mehnati namunalari yarmarkalarini tomosha qildi.
Eslatib o‘tamiz, 1 oktabr kuni Qirg‘iziston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Muxammetkali Abulgaziyev boshchiligidagi qo‘shni davlat delegatsiyasi O‘zbekiston tomoni taklifi bilan Andijon viloyatiga tashrif buyurgan edi. Tashrif yakunlari bo‘yicha ikki mamlakatning chegaradosh viloyatlari hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzolangan.
Mavzuga oid
20:50 / 25.10.2017
Turkiya iste'molchilar tashkiloti bilan hamkorlik memorandumi imzolandi
12:45 / 28.09.2017
Ashxobod-2017. O‘zbekiston turnirni beshinchi o‘rinda yakunladi
13:00 / 24.09.2017
Ashxobod-2017. O‘zbekiston uchinchi o‘ringa qaytdi
17:20 / 22.09.2017