21:35 / 26.10.2016
29314

O‘zbekiston va MDHning yana 6 ta davlatida havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari tekshiruvi boshlandi

Foto: TASS

O‘zbekiston, Rossiya, Belarus, Armaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistonda havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlarining katta ko‘lamli tekshiruvi boshlandi. Mashg‘ulotdan maqsad chegarada qoidabuzarlar va samolyotlarni olib qochish bilan kurashish bo‘ladi.
     
Rossiya mudofaa vazirligi xabarida MDHning yettita davlatida havo hujumiga qarshi birlashgan mudofaa tizimlarining katta mashg‘uloti boshlangani aytildi, deb xabar bermoqda "Interfaks" axborot agentligi.  

Mashg‘ulot vaqtida HHQM navbatchi kuchlarini "havo hududidan foydalanish qoidalarini, MDHga a'zo davlatlar chegaralarini buzgan havo kemalariga, olib qochilgan havo kemalariga qarshi, falokatga uchragan havo kemalari ekipajlariga yordam ko‘rsatishda qo‘llash mashq qilinadi.

Mashg‘ulotlarda yuqorida aytilgan 7 ta davlat HHQM kuchlari ishtirok etmoqda. Mashg‘ulotlarga 130 dan ko‘proq qo‘mondonlik punktlari va turli darajadagi boshqaruv punktlari jalb qilingan.

Mashg‘ulotlar 26 oktabrda ertalabdan boshlangan. Unda Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqalari bo‘yicha HHQM navbatchilari shartli havo dushmanini aniqlashgan. Dushman samolyotlar rolini Rossiya uzoq aviatsiyasining Tu-160 va Tu-95MS raketa tashuvchi-bombardimonchilari hamda Tu-22M3 bombardimonchisi bajargan. Havoga HHQM bo‘yicha navbatchi MiG-31, Su-27 va MiG-29 samolyotlari ko‘tarilgan. Ular nishon haqida ma'lumot olib, "havo razvedkasini o‘tkazgan, ushlash hududiga chiqqan va nishonlarni shartli yo‘q qilishni amalga oshirgan".   

Mashg‘ulotlarda yuqorida nomi aytilgan davlatlardan 100 ga yaqin samolyot, jumladan Su-27, MiG-31, MiG-29 qiruvchi samolyotlari, Su-24, Su-34 bombardimonchi samolyotlari, Su-25 shturmchi samolyoti,  Tu-22, Tu-160, Tu-95 samolyotlari, Ka-27, Mi-8 vertolyotlari jalb qilingan. Mashg‘ulotlarda shuningdek radiotexnik va zenit-raketa qo‘shinlari bo‘linmalari ishtirok etmoqda.

Manyovrlar Rossiya, Belarus, Qozog‘iston va Armaniston havo hududida o‘tmoqda.   

Kuchlar va vositalar boshqaruvi Rossiya harbiy-koinot kuchlarining Moskva viloyatidagi boshqaruv markazidan amalga oshirilmoqda. 

 

Mavzuga oid
Top