Kanadalik taniqli pop-qo‘shiqchi Jastin Biber Manchesterdagi konserti vaqtida muxlislardan xafa bo‘lib, sahnadan chiqib ketdi, deb xabar bermoqda The Daily Mail.
Qo‘shiqchi tomoshabinlardan u qo‘shiqlar orasidagi tanaffusda normal gapira olishi uchun shovqin solmaslikni so‘ragan. Muxlislar qo‘shiqchining bu iltimosiga maynavozchilik qilib, battarroq shovqin sola boshlashgan. Natijada Biber mikrofonni uloqtirib sahnani tark etgan.
Ma'lum qilinishicha, Biberning Buyuk Britaniyada o‘tayotgan gastroli davomida qichqirayotgan tomoshabinlar uni "taqib qilmoqda".















