14:17 / 27.10.2016
8327

Andijonda “Nihol” mukofoti Respublika tanlovining saralash bosqichi g‘oliblari aniqlandi

Kuni kecha Andijon viloyat musiqali drama teatrida “Nihol-2016-2017” Respublika tanlovining saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovining viloyat saralash bosqichida viloyatning shahar va tumanlarida o‘tkazilgan saralash bosqichlarining 64 nafar g‘oliblari ishtirok etib, yosh iste'dod egalari tanlovning 5 ta yo‘nalishi bo‘yicha o‘z mahoratlarini hakamlar hay'ati va tomoshabinlar hukmiga havola qildilar.

Respublika tanlovining viloyat saralash bosqichining nufuzli hakamlar hay'ati qaroriga ko‘ra, sahnada o‘z san'atini yuqori saviyada namoyon qilgan ishtirokchilar asosiy bosqichida ishtirok etish uchun tavsiya etildilar.

“Estrada” yo‘nalishi bo‘yicha Andijon shahridan Dostonbek Ahmadaliyev, “Musiqa ijrochiligi” yo‘nalishida - Shahzodbek To‘ychiyev(Andijon shahri), Azimjon Karimov(Shahrixon tumani), Mashhurbek Kozimjonov(Andijon tumani), “An'anaviy xonandalik” yo‘nalishi: Jahongir To‘xtashev (Izboskan tumani), Mohlaroy Bo‘tayeva (Bo‘z tumani),Sultonov Sirojiddin (Jalaquduq tumani),“Raqs” yo‘nalishida – Odina Ortiqnazarova(Andijon shahri), Omina Ro‘ziyeva(Xo‘jaobod tumani), “Opera” ijrochiligida Shohida Nurmatova(Jalaquduq tumani) va Buloqboshi tumanidan Bekzod Ibragimovlar nufuzli tanlovning Respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritishdi.

Tanlov yakunida “Nihol” mukofoti tanlovining Respublika kengashi a'zosi – O‘zbekiston xalq artisti Munojat Yo‘lchiyeva, viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Maxamadjan Nishanovlar saralash bosqichi g‘oliblarini qutlab, fahriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirdilar.

Elmurod Ermatov, Andijon

Top